Xavfsizlik va himoya
Yoʻl-yoʻriqlar
1. Oʻzingiz duch keladigan xatarlarni yaxshiroq tushunishga va boshqarishga harakat qiling:
a. Ittifoqchilaringiz va dushmanlaringiz kimlar ekanini koʻrib chiqing. Ittifoqchilaringiz sizning himoyangiz uchun foydalanishi mumkin boʻlgan resurslar va tarmoqlarni tushunib oling. Ular tugʻdiradigan xavfni yaxshiroq baholay olish uchun dushmanlaringizning imkoniyatlari va muddaolarini tushunib oling.
b. Ishingiz, shaxsiyatingiz, taktikalaringiz va boshqa omillar hamda xususiyatlar zaifligingiz yoki tahdidlardan himoyasizlik darajangizni qanchalik oshirishi yoki kamaytirishi haqida oʻylab koʻring.
c. Sizga nisbatan xavfning darajasini tushunish uchun hujum yoki boshqa koʻngilsizlikning yuz berish ehtimoli hamda uning yuz bergandagi taʼsirini baholang.
d. Mavjud har bir xavfning ehtimoli va/yoki taʼsirini kamaytirish uchun aniq choralar koʻring.
2. Atrofingizda boʻlayotgan voqealarga eʼtiborli boʻling va atrofingizdagi odamlar hamda narsalardagi har qanday oʻzgarishlardan ogoh boʻling.
3. Ishonchli va layoqatli doʻstingiz, hamkasbingiz yoki oila aʼzongizdan xavf yuzaga kelganda bogʻlaniluvchi kontakt boʻlishini soʻrang. Xavf kuchaygan paytlarda ularni qayerga borishingiz, nima qilayotganingiz va qachon qaytishingiz haqida oldindan xabardor qiling. Kun davomida oldindan kelishilgan vaqtlarda xavfsizlik boʻyicha kontaktingiz bilan xabarlashib turing. U bilan agar sizdan xabar boʻlmasa, nima qilishlari va kimlar bilan bogʻlanishlarini kelishib oling.
4. Xavf yuqori boʻlgan vaqtlar yoki joylarda doʻstlaringiz, oila a'zolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan safar qiling yoki xalqaro himoyaviy hamrohlik soʻrang.
5. Yuz berishi mumkin boʻlgan eng noxush holatlarni osonroq yengib oʻta olishlari uchun oilangiz va hamkasblaringizni tayyorlang:
a. Vasiyatnoma yozing hamda oilangizning muhim moliyaviy va huquqiy hujjatlaringiz qayerda saqlanishini bilishini taʼminlang.
b. Hamkasblaringiz sizning yoʻqligingizda ham ishlashda davom eta olishlari uchun ular bilan faoliyatni davom ettirish rejasini tuzing.
c. Oilangiz va hamkasblaringizga boshqa joyga koʻchish, boshpana yoki qochqinlar qoʻnoqlari izlash yoxud boshqa usulda kelgusidagi taʼqiblardan saqlanish rejalarini tuzishga yordam bering.
6. Iloji boʻlsa, inson huquqlari himoyachilari uchun moʻljallangan xavfsizlik boʻyicha kompleks treningdan oʻting. Shuningdek, kompleks birinchi tibbiy yordam oʻquv mashgʻulotini tugatish haqida ham oʻylab koʻring hamda uyingiz, transport vositangiz va ofisingiz uchun jarohatga qarshi shaxsiy tibbiy vositalar toʻplamlarini sotib oling.
7. Oʻzingiz va oilangiz uchun siz qabul qilishga tayyor boʻlgan xavf darajasini tushunib oling. Vaziyat siz qabul qilishingiz mumkin boʻlganidan xavfliroq boʻlib oʻzgarsa, yordam soʻrashdan yoki ishingizni toʻxtatib turishdan qoʻrqmang.
Last updated
