Protokol
Inson huquqlari himoyachilari uchun yaxlit xavfsizlik protokoli
Last updated
Copyright © Open Briefing Ltd, 2020-22. Some rights reserved. Licensed under a Creative Commons BY-NC 4.0 licence.
Inson huquqlari himoyachilari uchun yaxlit xavfsizlik protokoli
Last updated
Inson huquqlari himoyachilari uchun yaxlit xavfsizlik protokoli (Himoyachi protokoli) jismoniy va raqamli xavfsizligimiz, farovonligimiz va bardoshliligimizni oshirishga yordam beradi. Protokolga rioya qilgan holda biz shaxsiy va jamoaviy xavfsizligimizni yaxshilaymiz va oʻzimizga va bizning hamjamiyatimizga qarshi hujumlar, taʼqib va senzura yukini kamaytiramiz.
Himoyachi protokoli Open Briefing tomonidan ishlab chiqildi va National Endowment for Democracy, Ford Foundation, va Oak Foundation koʻmagi asosida tatbiq qilindi.
Himoyachi protokoli Open Briefingʼning butun dunyodagi xavf ostida boʻlgan himoyachilar bilan hamkorligi tajribasiga asoslanadi; ammo umumiy koʻrsatmalarda aks ettirib boʻlmaydigan muhim mahalliy farqlar boʻladi va siz Protokolni oʻz holatingiz, faoliyatingiz va profilingizga moslashtirishingiz lozim.
Oʻzingiz duch keladigan xatarlarni yaxshiroq tushunishga va boshqarishga harakat qiling:
Ittifoqchilaringiz va dushmanlaringiz kimlar ekanini koʻrib chiqing. Ittifoqchilaringiz sizning himoyangiz uchun foydalanishi mumkin boʻlgan resurslar va tarmoqlarni tushunib oling. Ular tugʻdiradigan xavfni yaxshiroq baholay olish uchun dushmanlaringizning imkoniyatlari va muddaolarini tushunib oling.
Ishingiz, shaxsiyatingiz, taktikalaringiz va boshqa omillar hamda xususiyatlar zaifligingiz yoki tahdidlardan himoyasizlik darajangizni qanchalik oshirishi yoki kamaytirishi haqida oʻylab koʻring.
Sizga nisbatan xavfning darajasini tushunish uchun hujum yoki boshqa koʻngilsizlikning yuz berish ehtimoli hamda uning yuz bergandagi taʼsirini baholang.
Mavjud har bir xatarning ehtimoli va/yoki taʼsirini kamaytirish uchun aniq choralar koʻring.
Atrofingizda boʻlayotgan voqealarga eʼtiborli boʻling va atrofingizdagi odamlar hamda narsalardagi har qanday oʻzgarishlardan ogoh boʻling.
Ishonchli va layoqatli doʻstingiz, hamkasbingiz yoki oila a'zolaringizdan xatar yuzaga kelganda bogʻlaniluvchi kontakt boʻlishini soʻrang. Xavf kuchaygan paytlarda ularni qayerga borishingiz, nima qilayotganingiz va qachon qaytishingiz haqida oldindan xabardor qiling. Kun davomida oldindan kelishilgan vaqtlarda xavfsizlik boʻyicha kontaktingiz bilan xabarlashib turing. U bilan agar sizdan xabar boʻlmasa, nima qilishlari va kimlar bilan bogʻlanishlarini kelishib oling.
Xavf yuqori boʻlgan vaqtlar yoki joylarda doʻstlaringiz, oila a'zolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan safar qiling yoki xalqaro himoyaviy hamrohlik soʻrang.
Yuz berishi mumkin boʻlgan eng noxush holatlarni osonroq yengib oʻta olishlari uchun oilangiz va hamkasblaringizni tayyorlang:
Vasiyatnoma yozing hamda oilangizning muhim moliyaviy va huquqiy hujjatlaringiz qayerda saqlanishini bilishini taʼminlang.
Hamkasblaringiz sizning yoʻqligingizda ham ishlashda davom eta olishlari uchun ular bilan faoliyatni davom ettirish rejasini tuzing.
Oilangiz va hamkasblaringizga boshqa joyga koʻchish, boshpana yoki qochqinlar qoʻnoqlari izlash yoxud boshqa usulda kelgusidagi taʼqiblardan saqlanish rejalarini tuzishga yordam bering.
Iloji boʻlsa, inson huquqlari himoyachilari uchun moʻljallangan xavfsizlik boʻyicha kompleks treningdan oʻting. Shuningdek, kompleks birinchi tibbiy yordam oʻquv mashgʻulotini tugatish haqida ham oʻylab koʻring hamda uyingiz, transport vositangiz va ofisingiz uchun jarohatga qarshi shaxsiy tibbiy vositalar toʻplamlarini sotib oling.
Oʻzingiz va oilangiz uchun siz qabul qilishga tayyor boʻlgan xavf darajasini tushunib oling. Vaziyat siz qabul qilishingiz mumkin boʻlganidan xavfliroq boʻlib oʻzgarsa, yordam soʻrashdan yoki ishingizni toʻxtatib turishdan qoʻrqmang.
Tasarrufingizdagi axborotning har xil turlarini hisobga oling hamda ularning ishingiz uchun ahamiyatini ham, hujum qiluvchining ularga kirishi oqibatida sizga va boshqalarga yetkaziladigan zararlarni ham yaxshiroq tushunishga harakat qiling. Eng ahamiyatli yoki ehtimoliy zarari katta boʻlgan maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻring.
Agar taqdim etilishi kerak boʻlsa, hamkasblaringizga maxfiy maʼlumotlarni yuzma-yuz koʻrishib yoki boshidan oxirigacha shifrlash imkonini beruvchi vositalar yoki yoʻqolib ketuvchi xabarlar orqali topshiring.
Siz foydalanadigan har qanday kompyuter yoki mobil qurilma quyidagilarga mos boʻlishini taʼminlang:
Ruxsat etilmagan shaxslar tomonidan jismonan foydalanish imkonining yoʻqligi
Ularni uchun parol yoki kirish kodi talab etilsin.
Operatsion tizim va barcha oʻrnatilgan ilovalar/dasturlarning eng soʻnggi versiyalaridan foydalanish.
Agar mamlakatingizda qonuniy boʻlsa, diskni toʻliq shifrlash funksiyasini yoqilganligi.
Antivirus dasturi va himoya devori oʻrnatilgan, yangilangan va toʻgʻri sozlangan boʻlishi.
Root yoki jailbreak qilinmagan hamda hech qanday noqonuniy dasturlar oʻrnatilmaganligi.
Uyqu yoki gibernatsiya rejimida qoldirilmagan, aksincha, imkon qadar tez-tez oʻchirilgan va quvvatdan ajratilgan.
Siz foydalanadigan har qanday onlayn xizmatda quyidagilar boʻlishini taʼminlang:
Kirish uchun murakkab, noyob parolni talab qiladi.
Agar mavjud boʻlsa, ikki omilli autentifikatsiya (2FA/2SV) yoqilganligi.
Internetga umumiy yoki ishonchsiz tarmoq orqali kirsangiz, maxfiylikni saqlashga qaratilgan VPNdan foydalaning.
Ortiq kerak boʻlmagan maxfiy maʼlumotlarning barcha shakl va turlarini xavfsiz tarzda oʻchirib tashlang va uni qayta tiklab boʻlmasligiga ishonch hosil qiling.
Imkon darajasida yaxshi uyqu gigiyenasini saqlang, jumladan, doimiy tungi tartib va yoqimli uyqu muhitini oʻrnating.
Muntazam ravishda ovqatlaning va sogʻlom parhezga amal qiling.
Muntazam ravishda yuring, jismoniy mashqlar bajaring yoki sport bilan shugʻullaning.
Jismoniy xastalik yoki shikastlanishlarga eʼtibor qarating va tuzalish uchun oʻzingizga yetarlicha vaqt bering.
Har kuni oʻzni tahlil qilish va tafakkur amaliyotlari bilan shugʻullaning.
Psixotrop moddalar yoki spirtli ichimliklardan stress yoki travma bilan kurashish vositasi sifatida foydalanmang.
Doʻstlaringiz, oilangiz, hamkasblaringiz va sizni qoʻllab-quvvatlay oladigan jamiyat aʼzolari bilan munosabatlaringizni saqlang
Qanday stress omillari sogʻligʻingiz va farovonligingizda oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkinligini tushunib oling va oʻzingizdagi stress belgilari va alomatlarini tanib olishni oʻrganing.
Ogohlantirish: Qonunda ruxsat etilgan maksimal darajada, Open Briefing mazkur manbadan foydalanish yoki notoʻgʻri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan yoʻqotish, zarar yoki noqulayliklar uchun javobgar boʻlmaydi.
Copyright © Open Briefing Ltd, 2020-22. Some rights reserved. Licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International Licence.